JustPaste
HomeCategoriesAboutDonateContactTerms of UsePrivacy Policy
JustPaste

Free online notepad — write and share instantly

Navigate

  • Home
  • Timeline
  • Categories

Info

  • About
  • Donate
  • Contact

Legal

  • Terms of Use
  • Privacy Policy

© 2026 JustPaste.app. All rights reserved.

Made with ♥ by JustPaste

Meeting you again | JustPaste.app
about 1 month ago8 views
Ayla Yilmaz
✍️Creative Writing

Meeting you again

1-QISM

Ayla qo‘lidagi sariq lolalarni ohista silagancha uyga kirib keldi. Bu gullar uning eng sevimlilari edi. Har safar sevgan insoni bilan uchrashganida, albatta, ulardan bir dasta olib borardi.

Ammo bugun gullarning nafisligi ham uning yuragidagi bezovtalikni bosolmasdi.

Yuragi gupillab urardi. Go‘yo uning qarshisida turgan odam ham bu ovozni eshitib qoladigandek edi.Chunki hozir uni onasining savollari kutayotganini yaxshi bilardi.*“Qayerlarda yuribsan, qiz? Uydagi ishlar nima bo‘ladi? Shu yurishing bilan seni kim ham olardi?”*Ayla bu savollarga qanday javob berishini o‘ylab, bir zum eshik oldida qotib qoldi.Dugonasi Melissani bahona qila olmasdi. Axir Melissa ota-onasi bilan ish yuzasidan Amerikaga uchib ketganiga endigina ikki kun bo‘lgandi."*Unda nima deyman?”*Qiz turli bahonalarni xayolidan o‘tkazar ekan, shu payt oshxona tomondan onasining qadamlari eshitildi.Ko‘p o‘tmay, eshik taqilladi.Ayla cho‘chib tushdi.— Hozir kiyinyapman, oyi! — dedi u shoshib.

Ammo onasi odatdagidek koyish o‘rniga xotirjam ovozda:— Qizim, kiyinishni tugatib, oshxonaga kel. Muhim gapim bor, — dedi.Ayla bir necha soniya jim qoldi.*“Voy, quyosh qayerdan chiqibdi ekan? Ishqilib, tinchlik bo‘lsin-da...”Shu payt telefoni jiringladi.Ekranda “Melissa 2” nomi ko‘rindi.Ayla hayron bo‘lib telefonini qo‘liga oldi. Xabarda:“Uyingga yetib oldingmi, go‘zalim?”Aylaning ikki lab cheti beixtiyor yuqoriga ko‘tarildi.Bu Melissa emasligi aniq edi. Qaysi dugona yaqin dugonasiga “go‘zalim” deb yozardi? Ko‘pi bilan erkalab “pingvin” deb qo‘yishi mumkin edi.Qolaversa, Melissa Amerikada edi.Ayla jilmaygancha javob yozdi:“Ha, keldim.”*So‘ng onasining avvalgi gaplari yodiga tushib, oshxonaga yo‘l oldi.U stol ustidagi chashkadan bir qultum ichib, katta dumaloq stolning chetida o‘tirgan onasi qarshisidagi stulga joylashdi.— Nima bo‘ldi, onajon? Qanday muhim gapingiz bor edi?Onasi bir muddat indamadi.Go‘yo qiziga bu xabarni qanday yetkazishni o‘ylayotgandek edi.Axir qizi hali yosh edi. Endigina o‘n to‘qqizga to‘lgan, birinchi kursni tamomlab, ikkinchi kursga o‘tishi kerak edi.Ammo bu gapni baribir aytishi lozim.Chunki ular qizini o‘qitishga va’da berishgan edi.— Qizim... — nihoyat onasi gap boshladi.Ayla unga tikildi.— Senga bu gapni qanday aytishni ham bilmayapman. Lekin aytishim kerak. Bugun senga sovchilar kelishdi.Ayla hayron bo‘lmadi ham.— Xo‘p, nima qilibdi? O‘qishga kirganimdan beri kamida o‘n beshta sovchi keldi. Ularning barchasini rad etgansiz-ku. Bularni ham rad eting, bo‘ldi. Muammo hal.Onasi boshini chayqadi.— Yo‘q, qizim. Bu safar unday emas.— Nega?— Otangga bu sovchilar yoqdi. U rozilik bermoqchi.Ayla bir zum jim qoldi.— Oyi... nimalar deyapsiz? Axir mening o‘qishim bor-ku!— Bilaman. Ular bizga seni o‘qitishga va’da berishdi.— Oyi, sizlarga nima og‘irlik tushyapti o‘zi? O‘qishim budjet bo‘lsa, shunchaki sizning uyingizdan yeb-ichganim og‘ir bo‘ldimi?Onasi chuqur xo‘rsindi.— Qizim... u odam otangning do‘sti ekan. Otang u bilan allaqachon va’dalashib qo‘ygan.— Lekin, oyi...Ayla o‘zini tutolmadi.Ko‘zlarida yig‘ilib turgan yoshlar birin-ketin yonoqlaridan sirg‘alib tushdi.— Hech qanday “lekin” yo‘q, Ayla, — dedi onasi. — Biz rozilik berib bo‘ldik. Besh kundan keyin fotiha. Bir oydan keyin esa to‘y. Tayyorlan. Senga boshqa gapim yo‘q. Xonangga borishing mumkin.Ayla javob bermadi.Yoshlari daryo kabi oqardi, ammo ichidagi eng katta gapni onasiga ayta olmadi.U sekin o‘rnidan turdi-da, xonasiga kirib, eshikni ichkaridan yopdi.

...

— O‘g‘lim, o‘qishing hal bo‘ldimi?— Ha, oyi. Ertaga soat yettida reysim Amerikaga uchib ketadi.— Juda yaxshi, o‘g‘lim.Jin chamadonini yig‘ayotgan edi.Birdan uning xayoliga Ayla keldi.Telefonini olib, unga qo‘ng‘iroq qildi.Ammo narigi tomondan:"Abonent javob bera olmaydi...”degan ovoz eshitildi.Jin biroz o‘ylanib turdi.“Mayli, banddir.”U xabar yozdi:“Men ertaga uchib ketyapman. Aeroportga kelasanmi?”

...

Ayla o‘chirib qo‘ygan telefonini qayta yoqdi.Ekranda yana “Melissa 2” nomidan kelgan xabar turardi.Xabarni o‘qishi bilan uning yuragi battar ezildi.Qo‘llari titragancha javob yozdi:“Ha, boraman.”Ammo xayolida boshqa gap bor edi.“Ha, boraman... va hammasi tugaganini aytaman.”

...

Ertasi kuni soat 6:40.Ayla kelishilgan manzilga yetib keldi.U darhol “Melissa 2” kontaktiga qo‘ng‘iroq qilib, kelganini aytdi.Buni eshitgan Jin kutish yo‘lagidan tashqariga chiqdi.Uning qo‘lida bir dasta sariq lolalar bor edi.Aynan Ayla yaxshi ko‘radigan gullar.Jin sekin uning tomon yurdi.Ayla esa unga qarab turardi.Yigit yaqinlashib, uni bag‘riga bosdi.— Keldingmi, go‘zalim?Bu Jin edi.Aylaning telefonida “Melissa 2” deb saqlangan inson.— Ha... keldim.Qizning ovozida g‘amginlik va aybdorlik sezilardi.Jin buni darhol payqadi.— Senga nima bo‘ldi? Nega ko‘zlaring bunchalik mayus?Ayla chuqur nafas oldi.— Jin... sizga bir narsani aytishim kerak.— Ha? Nima bo‘ldi?Ayla bir necha soniya unga tikilib turdi.So‘ng nihoyat, yuragini tilka-pora qiladigan so‘zlarni aytdi:— Men turmushga chiqyapman.Jin qotib qoldi.— N... nima?Uning yuzi o‘zgarmadi.Ammo ich-ichida Ayla uchun yillar davomida qurilgan butun bir shahar bir zumda vayron bo‘layotgandek edi.— Nega bunday deyapsan? “Hazillashdim”, degin...Ayla ko‘zlarini yerga qaratdi.— Yo‘q, Jin. Bu hazil emas.Uning ovozi titrardi.— Endi meni unuting. Men ham sizni unutaman. Xayr... Yaxshi qoling. Baxtli bo‘ling. Bizning oramizda hammasi tugadi.— Lekin... nega?Ayla javob bermadi.Jinning keyingi so‘zlarini eshitishga ham yuragi chidamadi.U ortiga o‘girilib, ketib qoldi.Balki ko‘zlaridan oqib tushayotgan yoshlarini Jinga ko‘rsatishni istamagandir.Jinning qo‘lidagi sariq lolalar esa asta yerga tushdi.U bir muddat qizning ortidan tikilib turdi.So‘ng hech narsa demay, ortiga o‘girildi va aeroport eshigi tomon yurib ketdi.Ikki inson.Ikki xil yo‘l.Va ikkalasining yuragida ham aytilmagan minglab so‘zlar qoldi.

← Back to timeline