JustPaste
HomeCategoriesAboutDonateContactTerms of UsePrivacy Policy
JustPaste

Free online notepad — write and share instantly

Navigate

  • Home
  • Timeline
  • Categories

Info

  • About
  • Donate
  • Contact

Legal

  • Terms of Use
  • Privacy Policy

© 2026 JustPaste.app. All rights reserved.

Made with ♥ by JustPaste

Kimdir | JustPaste.app
26 days ago14 views
📄Other

Kimdir

Deyzi avvalroq bu ma’lumotni bilishini aytgan xodimaga ishora qilib, keskin javob berdi.

— Ana o‘sha... Anna, siz buni xizmat safari paytida eshitganingizni aytgandingiz. Keyin esa Maks aynan o‘sha paytda gapimizni bo‘lib yubordi.

— Bu “Yosh Ae” kim o‘zi? Avvaldan beri qiziqib o‘lib ketyapman — nega mavzuni doim o‘zgartiraverasiz?

Agar uning kimligini bilsam, ajrashishga faolroq harakat qila olardim-ku, shunday emasmi?

Bu uning chin dildagi fikri edi, ammo buni ochiqchasiga aytsa, shubhali ko‘rinishi aniq edi. Bundan tashqari, xodimalarning nuqtayi nazaridan qaraganda, Valdekning Buyuk Gertsogi va Gersoginyasi bir-birini juda sevuvchi juftlik bo‘lib, ularni qirq daqiqa davomida kiyim almashtirish xonasida yolg‘iz uchrashuv o‘tkazishlari uchun tashqariga chiqarib yuborishgandi.

— Agar uning kimligini bilsam, hech bo‘lmaganda chora ko‘rishga tayyorlana olardim. Endi u yer-bu yerda turli tadbirlarda qatnashishimga to‘g‘ri keladi. Erimni kimdir tortib ketayotganini shunchaki qo‘l qovushtirib kuzatib o‘tira olmayman-ku, to‘g‘rimi?

— U hozir meni sevishini aytayotgan bo‘lsa ham, sizlarning gaplaringizga ko‘ra, erkaklarning oxirgi maqsadi hokimiyat, shunday emasmi? Men chiroyli bo‘lishim mumkin, ammo baribir oddiy qishloqdan chiqqan, nikohsiz tug‘ilgan g‘alati qizman.

Deyzi ularning o‘z so‘zlarini o‘zlariga qaytarib, mantiqli tuyuladigan sabab keltirdi. Ikki xodima xavotir bilan bir-biriga qarab qo‘ydi.

Birinchi zarbani bergach, endi ularni muloyimlik bilan ko‘ndirish vaqti kelgandi. Deyzi yuzidagi ifodasini yumshatib, ularni ishontirishga urindi.

— Bu yerda eshitganlarimni hech kimga aytmayman, shuning uchun menga biroz yordam bering. Men Buyuk Gertsog hazratlariga xodimlar keyin menga juda yaxshi munosabatda bo‘lishganini, juda yaxshi xizmat ko‘rsatishganini va ko‘ylaklar shu qadar chiroyli bo‘lganki, bundan buyon faqat shu yerdan xarid qilmoqchi ekanimni aytaman. Sizlarni maqtayman, va’da beraman.

← Back to timeline